Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis
О вакансии
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis
“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ jamoasiga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisni taklif qiladi.
Asosiy vazifalar:
-
Korxona bo‘limlari, sexlari va ishlab chiqarish maydonlarida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
-
Ish joylaridagi mehnat sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsiz va sog‘lom ish muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
-
Mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha yillik va uzoq muddatli tadbirlar rejalarini tayyorlash.
-
Xodimlar va amaliyotchilar uchun kirish yo‘riqnomalarini o‘tkazish, xavfsiz ishlash bo‘yicha o‘quvlar va bilimlarni tekshirishni tashkil etish.
-
Bo‘limlarga xavfsizlik yo‘riqnomalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam berish.
-
Uskunalar, shamollatish tizimlari, bug‘ qozonlari, gaz ballonlari va yuk ko‘tarish moslamalarining xavfsiz ishlashi bo‘yicha tekshiruvlarda qatnashish.
-
Ish joylarida shovqin, tebranish va havo muhiti ko‘rsatkichlarini o‘lchash jadvaliga rioya etilishini nazorat qilish.
-
Maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlanishni nazorat qilish.
-
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, jarohatlar va kasb kasalliklarini tekshirishda qatnashish hamda ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish.
-
Yo‘riqnoma jurnallari, bilimlarni tekshirish bayonnomalari, hodisalar qaydlari va tegishli hisobotlarni yuritish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Oliy texnik ma’lumot.
-
Oxirgi 5 yil davomida kamida 3 yil texnika xavfsizligi yo‘nalishida ish tajribasi.
-
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish.
-
Ish joylaridagi mehnat sharoitlarini o‘rganish va uskunalarning xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bilim.
-
Xavfsizlik yo‘riqnomalari, o‘quv materiallari va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
-
Kompyuter va ish uchun zarur dasturlardan foydalanish ko‘nikmasi.
-
Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va xodimlarga xavfsizlik talablarini tushunarli yetkazish qobiliyati.
Ish sharoitlari:
-
Ish joyi: Qo‘qon shahri, Davronebk ko'chasi 87-uy.
-
Ish jadvali: 5/2 8:00-17:00 .
-
Ish haqi: Suhbat natijasiga ko‘ra.
-
Bandlik turi: To‘liq bandlik.
Ariza topshirish:
HH orqali rezyume yuboring. Rezyumeda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha tajribangiz, ishlagan korxonalaringiz hamda mavjud sertifikatlaringizni ko‘rsating.
Рыночный ориентир
на 63% ниже медианыСмотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииMIS specialist
Sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandis
Торговый агент
Торговый представитель
Торговый представитель ( Казахстан )
Продавец-консультант в М Cosmetic в город Коканд
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
Работодатель указывает до 4 000 000 сум для этой роли в FE Indorama Agro, Коканд. Для сравнения медиана рынка — около 10 820 000 сум по 22 похожим предложениям.
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по FE Indorama Agro и Коканд.


