Recruiter Otdel Kadr (Tikuv fabrikasi)
О вакансии
Kompaniya haqida
Tikuv fabrikamiz jamoasiga xodimlarni izlash va ishga jalb qilish, kadrlar hujjatlarini yuritish hamda xodimlar bilan bog‘liq kundalik jarayonlarni nazorat qilishga mas’ul Otdel Kadr Recruiter izlaymiz.
Fabrikamizda taxminan 120 nafar xodim faoliyat yuritadi. Biz mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis bilan hamkorlik qilishni istaymiz.
Asosiy vazifalar
1. Xodimlarni izlash va yollash
-
Tikuvchi, bichuvchi, dazmolchi, qadoqlovchi va boshqa ishlab chiqarish xodimlarini izlash hamda ishga jalb qilish.
-
HeadHunter, Telegram, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa manbalarda vakansiyalarni joylashtirish.
-
Nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanish, dastlabki suhbatlar o‘tkazish va saralash.
-
Ishlab chiqarish bo‘limlari rahbarlari bilan hamkorlikda xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.
-
Nomzodlar bazasini shakllantirish, yangilab borish va suhbatlar jarayonini muvofiqlashtirish.
-
Ishga qabul qilingan xodimlarning ishga o‘z vaqtida chiqishini nazorat qilish.
-
Bo‘sh ish o‘rinlari va yollash natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash.
2. Kadrlar hujjatlarini yuritish
-
Xodimlarning shaxsiy hujjatlari va ma’lumotlarini tartibli yuritish.
-
Ishga qabul qilish, mehnat shartlarini o‘zgartirish, ta’til va ishdan bo‘shash bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish.
-
Xodimlarning hujjatlari to‘liqligi va ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish.
-
Davomat, kechikish, ishga kelmaslik va ta’til ma’lumotlarini qayd etish hamda nazorat qilish.
-
Oylik ish haqi hisob-kitobi uchun davomat va boshqa zarur ma’lumotlarni tayyorlash va mas’ul hisobchiga o‘z vaqtida topshirish.
-
Kadrlar hujjatlarini amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq yuritish.
-
Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash.
3. Hisobot va nazorat
-
Xodimlar soni, bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlar va ishga qabul qilinganlar bo‘yicha hisobot yuritish.
-
Davomat va kadrlar hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
-
Recruiter yoki kadrlar bilan ishlash sohasida 1–3 yillik tajriba.
-
Ishchilarni ommaviy yollash (mass recruitment) bo‘yicha tajriba — afzallik.
-
Ishlab chiqarish yoki tikuvchilik korxonasida ishlagan bo‘lish — afzallik.
-
Nomzodlarni faol izlash, suhbatdan o‘tkazish va ishga jalb qilish ko‘nikmasi.
-
Kadrlar hujjatlarini yuritish va davomatni nazorat qilish bo‘yicha bilim.
-
Excel, Google Sheets, kompyuterdan to'liq foydalanish, Sun'iy intellekt dasturlarida ishlash ko‘nikmasi.
-
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha amaliy bilim.
-
Yaxshi muloqot qilish, tashkilotchilik va muammolarni hal qilish qobiliyati.
-
Mas’uliyatlilik, diqqatlilik, halollik va maxfiylikka rioya qilish.
-
Stressga bardoshli, yuqori ish yuklamasi bilan ishlay olish.
-
Vazifalarni mustaqil rejalashtirish va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
Biz taklif qilamiz
-
Barqaror ishlab chiqarish korxonasida ishlash imkoniyati.
-
To‘liq ish kuni va aniq vazifalar doirasi.
-
Kasbiy rivojlanish hamda malaka oshirish, o'quv kurslarida o'qish imkoniyati.
-
Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va natijalariga qarab kelishiladi.
-
Ish sharoitlari va qo‘shimcha imtiyozlar suhbat davomida muhokama qilinadi.
Ish samaradorligini baholash mezonlari
-
Bo‘sh ish o‘rinlarini belgilangan muddatlarda to‘ldirish.
-
Ishga qabul qilingan xodimlarning amalda ish boshlashi.
-
Kadrlar hujjatlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi.
-
Davomat ma’lumotlarining aniqligi va o‘z vaqtida yangilanishi.
-
Oylik ish haqi hisob-kitobi uchun ma’lumotlarning o‘z vaqtida topshirilishi.
-
Hisobotlarning muntazam va tartibli yuritilishi, o'z vaqtida rahbariyatga topshirilishi.
Ariza topshirish
Mazkur lavozimga qiziqqan nomzodlardan rezyumelarini yuborishlarini so‘raymiz. Rezyumeda avvalgi ish tajribasi, ishga yollangan xodimlar soni, kadrlar hujjatlari bilan ishlash tajribasi va erishilgan natijalarni ko‘rsatish tavsiya etiladi.
Рыночный ориентир
Смотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииOmbor mudir
Кассир (Бухоро филиали) «BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI»
Инженер/ энергетик (Направление - Строительство ВЭС - эксплуатация и техническое обслуживание)
Торговый представитель / savdo agenti, Бухара
Мерчандайзер
Ishonch Jondor filiali - Qarzdorlikni undirirish bo'limiga menejer
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
В объявлении зарплата не указана. Похожие роли в Бухара часто предлагают около 8 863 960 сум (медиана по 75 предложениям).
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по БУРДА ЛЮКС ТЕКСТИЛЬ и Бухара.



