Ko'chmas mulk bo'yicha maslahatchi
О вакансии
-
Odamlar bilan gaplashishni yaxshi ko'rasizmi va daromadingiz o'zingizga bog'liq bo'lishini xohlaysizmi? Unda sizni DS Group jamoasida kutamiz.
BIZ KIMMIZ
DS Group Toshkent viloyatida ishonchli quruvchilarning yangi turar-joy loyihalarini sotadi. Bizning ishimiz oddiy kvartira sotish emas: biz oilalarga o'z uyini topishda yordam beramiz. Yangiyo'l (Fayzobod), Zangiota (Fayzmakon), Bo'stonliq va Tovoqsoy Residence'da ofislarimiz bor.
Jamoamiz yosh va tez o'smoqda. Shu sabab yangi odamlarga ehtiyojimiz to'xtamaydi, bu vakansiya doim ochiq.
SIZNING KUNINGIZ QANDAY O'TADI
- Uy qidirayotgan mijozlar sizga qo'ng'iroq qiladi yoki Telegramda yozadi
- Ularga nima kerakligini tushunasiz va mos kvartirani taklif qilasiz
- Mijozni loyihaga olib borib, uyni ko'rsatasiz
- Savollariga javob berib, qaror qabul qilishiga yordam berasiz va bitimgacha birga bo'lasizSIZDAN NIMA KUTAMIZ
- Ofisda to'liq kun ishlashga tayyor bo'lish
- Ochiq, xushmuomala va ishonchli bo'lish
- Yangi narsalarni o'rganishga ishtiyoq
- Tajriba bo'lsa yaxshi, bo'lmasa ham muammo emasBIZ NIMA BERAMIZ
- Fiksa va har bir sotuvdan foiz. Daromadingizning yuqori chegarasi yo'q
- Mijoz izlash shart emas: murojaatlar o'zi kelib turadi
- Birinchi oy bepul o'qitish va shaxsiy ustoz
- Grafik: 09:00-18:00 yoki 10:00-19:00, ikki haftada bir kun dam
- Sinov muddati bir oy
- Qo'llab-quvvatlaydigan jamoa va qulay ofis
- Maosh miqdorini suhbatda aniq kelishamizO'SISH IMKONIYATI
Bizda lavozim stajga qarab emas, natijaga qarab beriladi. Yaxshi natija ko'rsatsangiz, tajribali menejer, yangi xodimlarga ustoz va jamoa rahbari bo'lishingiz mumkin. Yangi filiallar ochilganda rahbarlikka avvalo o'z xodimlarimizni qo'yamiz.
ARIZA QANDAY TOPSHIRILADI
Uch ish kuni ichida albatta javob beramiz, natija qanday bo'lishidan qat'i nazar.
Vakansiyani bugun ko'rdingizmi yoki bir oydan keyinmi, farqi yo'q: ariza qoldiring. Hozir bo'sh o'rin bo'lmasa, arizangiz bazamizda saqlanadi va o'rin ochilishi bilan sizga birinchi bo'lib murojaat qilamiz.
Рыночный ориентир
на 27% ниже медианыСмотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииПродавец-консультант (мебельный магазин)
Кассир/Бариста
SMM-менеджер
Кальянный мастер
Менеджер по продажам B2B (бухгалтерские услуги)
Оператор УФ-принтера / дизайнер
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
Работодатель указывает 4 000 000 – 10 000 000 сум для этой роли в XONDAMIR BUNYODKOR, Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 554 103 сум по 5 811 похожим предложениям.
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по XONDAMIR BUNYODKOR и Ташкент.


