Islomiy moliya guruh rahbari
О вакансии
«Agrobank» – O‘zbekistonning yirik davlat banklaridan biri. Bankda islomiy moliya tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatadigan yangi yo‘nalish tashkil etilmoqda. Bu yo‘nalishni biznes, axborot texnologiyalari va metodologiya mutaxassislaridan iborat mahsulot jamoasi ishga tushiradi. Strategiya va yo‘l xaritasidan ilk mahsulotlargacha bo‘lgan ishlarni boshqaradigan, natija uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan va turli bo‘linmalarni umumiy maqsad sari yetaklay oladigan rahbarni izlayapmiz.
Sizning vazifalaringiz:
- Mahsulot jamoasi strategiyasi, maqsad va asosiy natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun mahsulotlar yo‘l xaritasini shakllantirish;
- Mahsulot jamoasining moliyaviy va nomoliyaviy natijalari – daromad va xarajatlar, budjet, mijoz va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish, mahsulot portfeli ustuvorliklarini belgilash;
- Yo‘nalishni ishga tushirish uchun biznes, axborot texnologiyalari, risk, yuridik, komplayens va metodologiya bo‘linmalari hamkorligini tashkil etish;
- Mahsulotlarni normativ talablar va Shariat kengashi tartiblariga muvofiq joriy etish;
- Mahsulot va texnologiya yo‘l xaritalarini muvofiqlashtirish, jamoalar o‘rtasidagi bog‘liqliklar va resurslarni boshqarish;
- Jamoani shakllantirish va rivojlantirish, ishonch va mas’uliyat madaniyatini qo‘llab-quvvatlash;
- Filiallar va raqamli kanallar orqali sotuvni kengaytirish.
Nomzodga talablar:
- Ma’lumot: moliya, iqtisodiyot, menejment yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy ma’lumot;
- Tajriba: bank ishi, fintex yoki mahsulotlarni boshqarish sohasida kamida 5 yil, shundan kamida 2 yil – kamida 10 nafar xodimdan iborat kross-funksional jamoa yoki mahsulot yo‘nalishiga rahbarlik;
- Kamida bitta bank mahsulotini ishga tushirishda bevosita qatnashgan bo‘lish;
- Ko‘nikmalar: mahsulot yo‘nalishi strategiyasi, daromad va xarajatlar, budjet, samaradorlik ko‘rsatkichlari va maqsadlar tizimini boshqarish, Agile/Scrum asosida ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
- Bilimlar: islomiy moliya tamoyillari va shartnoma tuzilmalari (murabaha, ijara, vakala va boshqalar), mahsulotlarni Shariat kengashi bilan kelishish tartibi, mahsulot hayotiy sikli va raqamli sotuv jarayonlari;
- Kompyuter savodxonligi: MS Excel (jamlanma jadvallar, formulalar), MS PowerPoint, loyihalarni boshqarish tizimlari (masalan, Jira);
- Tillar: o‘zbek va rus tillari – erkin, ingliz tili – kamida B2 daraja;
- Hududiy filiallarga xizmat safarlariga tayyorlik.
Afzallik hisoblanadi:
- Islomiy bank yoki islomiy moliya yo‘nalishini tashkil etish tajribasi;
- AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) standartlarini bilish yoki sertifikati;
- Yuridik shaxslar uchun mahsulotlarni ishga tushirish tajribasi.
Biz taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi;
- Rasmiy bandlik va qonunchilikdagi ijtimoiy kafolatlar;
- Bankda yangi yo‘nalishni noldan qurish va mahsulotlarni strategiyadan bozorgacha olib chiqish tajribasi;
- Kross-funksional jamoaga rahbarlik va xalqaro maslahatchilar bilan ishlash imkoniyati;
- Barqaror davlat bankida kasbiy rivojlanish.
Рыночный ориентир
Смотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииSoftware Architect
Senior Data Analyst (Аналитический центр)
Python-разработчик
NLP Team Lead (AI / LLM)
Jira Administrator
Solution Architect
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
В объявлении зарплата не указана. Похожие роли в Ташкент часто предлагают около 9 558 868 сум (медиана по 5 595 предложениям).
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по АКБ Агробанк и Ташкент.
