Вакансия актуальна
Risk menejment departamenti direktori o’rinbosari
Зарплата не указана
АКБ Банк развития бизнесаТашкент
О вакансии
Vazifalar:
- Bankda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit, likvidlilik, bozor, operatsion, model, mamlakat, ekologik, ijtimoiy va iqlim risklari bo‘yicha metodologiyalar hamda vositalarni ishlab chiqish va ularning doimiy ravishda takomillashtirilishini ta’minlash;
- bankda ikkinchi himoya chizig‘i tamoyili asosida mustaqil risk nazoratini amalga oshirish hamda biznes bo‘linmalari tomonidan qabul qilinayotgan risklar yuzasidan asoslantirilgan xulosalar berish;
- risk-appetit bayonotini ishlab chiqish, kamida yiliga bir marotaba qayta ko‘rib chiqish hamda bank strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash;
- risklarning oʻz vaqtida aniqlanishi, baholanishi, monitoring qilinishi va ular boʻyicha hisobot tayyorlanishi hamda mazkur tavakkalchiliklarning kamaytirilishini taʼminlash;
- Erta ogohlantirish (EWS) tizimini ishlab chiqish, indikatorlar monitoringini tashkil etish hamda signal holatlari yuzasidan tezkor eskalatsiyani amalga oshirish;
- aktivlar sifatini tasniflash hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholab borish;
- yangi mahsulot va xizmatlar hamda joriy qilinishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan bogʻliq risklar yuzasidan xulosalar tayyorlash;
- bankda yuzaga keluvchi risklar bo’yicha har chorakda stress-testlar oʻtkazish, hamda natijalar asosida limitlar, risk-appetit va kapitalga ta’sirini baholash;
- yilda kamida bir marotaba bankning risk-profilini va uni bankning risk-appetiti hamda tavakkalchilik chegaralariga muvofiqligini baholash;
- bankda mavjud yoki yuzaga kelishi kutilayotgan risklar hamda ularni kamaytirish yuzasidan hisobotlarni Kuzatuv kengashi va Risklarni boshqarish qoʻmitasiga har chorakda, Bank boshqaruviga har oyda kamida bir marotaba kiritish;
- bank xodimlari risk madaniyatini oshirish maqsadida har chorakda kamida bir marotaba trening yoki oʻquv seminarlarini tashkil etish;
- prudensial normativlarni va XMI tomonidan belgilangan kovenantlarni tahlil qilib borish va taqdim etiladigan hisobotlarda ular bilan bogʻliq risklar hamda ularni bartaraf etishga doir takliflarni kiritib borish;
- risklarni aniqlash, oʻlchash, monitoring va nazorat qilish, shuningdek stress-testlarni oʻtkazishga moʻljallangan bank ichki modellarining ishonchliligi va samaradorligini muntazam ravishda baholash;
- risklarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlar sifati, to‘liqligi va hisobotlar ishonchliligini nazorat qilish. Avtomatlashtirish darajasi har chorakda oshirib borilishini ta’minlash;
- risk-appetit ko‘rsatkichlari va limitlar buzilganda yoki buzilish ehtimoli aniqlanganda tegishli rahbariyat va kollegial organlarga zudlik bilan eskalatsiya qilish hamda tuzatuvchi tavsiyalarni ishlab chiqish;
- kredit risklarini oldini olish maqsadida tashqi konyukturani doimiy tahlil qiladi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi yoki tashqi bozorlardagi nobarqaror vaziyatlar aniqlanganda mazkur sohalarga kredit ajratishni cheklash bo‘yicha taklif hamda skoring/reyting modeliga tegishli o’zgartirish kiritish chorasini ko’radi;
- risk darajasi oshayotgan kreditlarning iqtisodiyotning qaysi sohasiga tegishliligini, muammoga aylanganlik sababini o‘rganish natijasida tegishli xulosalar qiladi va takliflar kiritadi;
- Bosh bank kollegial organlari ko‘rib chiqishi uchun kredit (kafolat, faktoring, lizing) ajratish bilan bog’liq amaliyotlar bo’yicha loyiha risklari to‘g‘risida hulosa taqdim etadi;
- mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring/reyting modelini ishlab chiqadi va modelning samaradorligini doimiy tahlil qilish orqali takomillashtirib boradi;
- kredit portfelining tarmoqlar, hududlar, mahsulotlar hamda yirik qarzdorlar kesimidagi konsentratsiya risklarini monitoring qilish va limitlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- ESG hamda iqlim risklarini bankning umumiy risk boshqaruv tizimiga integratsiya qilish va monitoringini tashkil etadi;
- ICAAP (Kapitalning yetarliligini ichki baholash jarayoni)ni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi.
Talablar:
- Risk menejment, matematika, statistika, bank ishi, moliya yoki iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr/magistr darajasi;
- Kredit riski bo'yicha risk menejer, anderrayter yoki kredit tahlilchisi lavozimlarida kamida 7 yillik tajriba, rahbarlik lavozimida 3 yillik tajriba;
- Stop faktorlar, skoring, moliyaviy risklar va ularni boshqarish, kredit portfeli tahlilini mukammal tushunish;
- Risklarni boshqarish bo’yicha Markaziy bank talablarini bilish;
- Xodimlarni rivojlantirish, o’qitish va mentorlik qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
- Markaziy bank inspeksiyalari, tashqi auditorlar va xalqaro moliya institutlari bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlash tajribasi;
- FRM/PRM sertifikati egalariga ustunlik beriladi;
- Ma'lumotlarni tahlil qilish vositalari (Excel, Power BI, SQL, Python yoki shunga o‘xshash platformalar) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
- Til bilish: o‘zbek tili – mukammal, ingliz va rus tillari – yaxshi.
- Kommunikatsion, tahliliy, tanqidiy fikrlash va stressga chidamlilik ko‘nikmalari.
Рыночный ориентир
9 552 334 сум
9 552 334 сум9 552 334 сум
Смотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансии
АКБ Банк развития бизнеса
Toshkent BXO Dastur loyihalarini kreditlash bo‘limi mutaxassisi
Зарплата не указана
Откликнуться на hh.uz
АКБ Банк развития бизнеса
Yashnobod 2-toifali BXM nazoratchi
Зарплата не указана
Откликнуться на hh.uz
АКБ Банк развития бизнеса
Bektemir 2-toifali BXM nazoratchi
Зарплата не указана
Откликнуться на hh.uz
АКБ Банк развития бизнеса
Protsessing markazi Yetakchi menejeri
Зарплата не указана
Откликнуться на hh.uz
АКБ Банк развития бизнеса
Yuridik mijozlar amaliyotlari boshqarmasi bosh murtaxassisi
Зарплата не указана
Откликнуться на hh.uz
АКБ Банк развития бизнеса
Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi
Зарплата не указана
Откликнуться на hh.uz
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
В объявлении зарплата не указана. Похожие роли в Ташкент часто предлагают около 9 552 334 сум (медиана по 5 686 предложениям).
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по АКБ Банк развития бизнеса и Ташкент.