Вакансия актуальна

Ombor mudiri

Зарплата не указана
ADM STAMPINGДжизак

Расположение

махаллинский сход граждан Токчилик

Открыть в Google Картах

О вакансии

Asosiy vazifalar:

  • Korxonaning markaziy ombori faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish;

  • Omborga kelib tushadigan xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy boyliklarni qabul qilish, joylashtirish hamda saqlash jarayonlarini nazorat qilish;

  • Kirim va chiqim operatsiyalarining o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;

  • Ombordagi moddiy boyliklarning hisobini yuritish va ularning saqlanishini ta’minlash;

  • Ombordagi tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarini nazorat qilish va belgilangan tartibda inventarizatsiya o‘tkazish;

  • Ishlab chiqarish bo‘limlarini zarur materiallar va ehtiyot qismlar bilan o‘z vaqtida ta’minlashni muvofiqlashtirish;

  • Ombor hujjatlari, kirim-chiqim dalolatnomalari va boshqa hisob hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;

  • Ombordagi moddiy boyliklarning yo‘qolishi, shikastlanishi va kamomadining oldini olish choralarini ko‘rish;

  • Ombor hududida belgilangan tartib, tozalik va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  • Ombor xodimlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;

  • Buxgalteriya, xaridlar bo‘limi, ishlab chiqarish va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish;

  • Rahbariyatga ombor faoliyati va moddiy boyliklar qoldiqlari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

  • Ombor xo‘jaligi yoki moddiy boyliklar hisobini yuritish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

  • Ombor hujjatlari, kirim-chiqim operatsiyalari va inventarizatsiya jarayonlarini bilish;

  • MS Excel, 1C va ombor hisobi dasturlaridan foydalana olish;

  • Moddiy boyliklarning but saqlanishi va hisobini yuritish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;

  • Jamoani boshqarish, ishlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • Halollik, mas’uliyatlilik, intizom va aniqlikka rioya qilish;

  • Ishlab chiqarish korxonasida ishlash tajribasi ustunlik beradi.

Kompaniya tomonidan taklif etiladi:

  • Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi;

  • Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash imkoniyati;

  • Qulay mehnat sharoitlari;

  • Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.

  • Bir mahal issiq ovqat.

  • Qatnash uchun jamoat transporti.

Рыночный ориентир

9 915 764 сум

На основе 34 предложений с зарплатой для Работа в офисе в Джизаке

Подробный разбор зарплат

Похожие вакансии

Все похожие вакансии

Частые вопросы

Какую зарплату можно ожидать?

В объявлении зарплата не указана. Похожие роли в Джизак часто предлагают около 9 915 764 сум (медиана по 34 предложениям).

Как откликнуться на вакансию?

Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.

Вакансии актуальные?

Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.

Где посмотреть тип занятости и формат работы?

Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по ADM STAMPING и Джизак.

Откликнуться на hh.uz

Откроется hh.uz: для отклика войдите или зарегистрируйтесь там — это бесплатно.