Вакансия актуальна

Руководитель проектов

от 5 000 000 сум
FRAGRANCE DISTRIBUTIONТашкент

Расположение

улица Заргарлик, 10А

Открыть в Google Картах

О вакансии

Velaris parfyum brendiga Loyiha menejeri

Velaris Parfume Atelier — 2026-yilda Toshkentda tashkil topgan atir brendi. Fransiyaning Argeville va Néo Parfums kompaniyalari bilan rasmiy dillerlik asosida ishlaymiz. Do’kon, Instagram, Telegram va marketpleyslar orqali sotamiz. Endi brendni o’sishga olib chiqadigan, jarayonlarni boshqaradigan loyiha menejeri qidiryapmiz.

Nima qilasiz

  • Velaris sotuvini, buyurtmalarni va oylik tushumni boshqarasiz va hisobot berasiz.
  • Sotuv menejerlari ishini, mijozlarga javob tezligini va servis sifatini nazorat qilasiz.
  • Kontent rejasi va reklama ijrosini (bloger, targetolog) koordinatsiya qilasiz.
  • Mahsulot, narx, qoldiq va yetkazib berishni tartibda ushlaysiz.
  • Yangi loyihalarni (sinov to’plami, obuna, sodiqlik dasturi) ishga tushirasiz.
  • Har hafta raqamlar bilan hisobot berasiz.

Biz kutayotgan nomzod

Majburiy sifatlar:

  • Zararli odatlari yo’q, sog’lom turmush tarzi.
  • Doimiy rivojlanishga intiladi: o’qiydi, o’rganadi, xatosidan xulosa chiqaradi.
  • Ilmga ochiq: yangi bilim va fikrni qabul qiladi, o’rgatilishdan qochmaydi.
  • Tartibli va intizomli: va’dasini muddatida bajaradi, hisobotni vaqtida beradi.
  • Parfyumeriyaga qiziqadi: hidlarni o’rganishdan zavq oladi (bu sohada tajriba shart emas).

Tajriba va ko’nikmalar:

  • Chakana savdo, e-commerce yoki Instagram/Telegram orqali savdoda loyiha boshqarishda 2 yildan ortiq tajriba.
  • Excel yoki Google Sheets’da raqamlar bilan ishlay oladi (tushum, o’rtacha chek, reklama xarajati).
  • Jamoani boshqarish va aniq, qisqa hisobot berish.
  • O’zbek va rus tillarida erkin.

Biz taklif qilamiz

  • Maosh: 5000000 so’m + natijaga bog’liq bonus
  • Aniq KPI va oldindan yozilgan bonus formulasi.
  • Rasmiy ishga qabul qilish.
  • Fransuz parfyumeriyasi bilan ishlash va o’sayotgan brendda yuqori mas’uliyat.
  • O’qish: parfyumeriya bo’yicha ichki bilimlar bazasi va treninglar

Tanlov bosqichlari

  1. Rezyume va qisqa anketa.
  2. Suhbat.
  3. Kichik test vazifa (2–3 kun): Velaris katalogidan 5 ta hid haqida qisqa material tayyorlash va haftalik hisobot namunasi.
  4. 1 oylik sinov muddati.

Rezyume bilan birga o’zingiz haqingizda 3–4 gap yozing: nega parfyumeriya qiziqtiradi va oxirgi marta nimani o’rgandingiz?

Рыночный ориентир

на 48% ниже медианы
9 564 370 сум

На основе 5 503 предложений с зарплатой для Работа в офисе в Ташкенте

Подробный разбор зарплат

Похожие вакансии

Все похожие вакансии

Частые вопросы

Какую зарплату можно ожидать?

Работодатель указывает от 5 000 000 сум для этой роли в FRAGRANCE DISTRIBUTION, Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 564 370 сум по 5 503 похожим предложениям.

Как откликнуться на вакансию?

Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.

Вакансии актуальные?

Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.

Где посмотреть тип занятости и формат работы?

Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по FRAGRANCE DISTRIBUTION и Ташкент.

Откликнуться на hh.uz

Откроется hh.uz: для отклика войдите или зарегистрируйтесь там — это бесплатно.