Sotuv operatori (Koreyada ta'lim, issiq lidlar)
О вакансии
Ray Consulting — O'zbekiston yoshlariga Janubiy Koreya universitetlariga o'qishga kirishda yordam beradigan kompaniya. Talabani boshidan oxirigacha olib boramiz: universitet tanlash, hujjatlarni tayyorlash, o'qishga topshirish, viza va Koreyaga borgandan keyin 1 oy davomida joyida yordam.
Jamoamizga sotuv operatori kerak. Sizga Koreyada o'qishni orzu qilgan odamlar qo'ng'iroq qiladi. Siz ularga bu yo'lni boshlashga yordam berasiz.
Nima bilan shug'ullanasiz:
• Target reklamadan kelgan issiq lidlarga qo'ng'iroq qilish — mijoz izlash shart emas
• Kiruvchi qo'ng'iroqlar va murojaatlarni qabul qilish
• Avval ishlanmay qolgan lidlar bilan qayta bog'lanish
• Mijozga xizmatlar, tariflar, kerakli hujjatlar va butun jarayon haqida tushuntirish
• Mijozning ehtiyojini aniqlash va e'tirozlariga javob berish
• Viloyatdagi mijozlar bilan sotuvni telefonda o'zingiz yakunlash — mijoz Toshkentga bir marta, hamma hujjatlari bilan keladi
• Toshkentdagi mijozlarni konsultant yoki rahbar bilan uchrashuvga yozish
• Barcha qo'ng'iroq va bitimlarni Bitrix24 da yuritish
Talablar:
• O'zbek tilida ravon va savodli gapirish — majburiy
• Telefon orqali sotuv yoki call-markazda kamida 1 yil tajriba
• E'tirozlar bilan ishlay olish va sotuvni oxiriga yetkazish
• Kompyuterda bemalol ishlash
• Bitrix24 bilan ishlagan bo'lsangiz — afzallik
Daromad:
• Fiks oylik: 4 000 000 – 5 000 000 so'm (tajribaga qarab, suhbatda kelishiladi)
• Sotuvdan bonus: oyiga qancha ko'p sotsangiz, har bir sotuv uchun stavka shuncha oshadi
• Hozirgi tizim bo'yicha misol:
– oyiga 13 ta sotuv — ~1,6 mln so'm bonus
– 25 ta sotuv (oylik reja) — ~5,25 mln so'm bonus
– 35 ta va undan ko'p — 8,5 mln so'm va undan yuqori
• Rejani bajargan operator oyligiga teng yoki undan ham ko'p bonus oladi. Yuqori chegara yo'q.
Ish sharoitlari:
• Grafik: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
• Ofis: Toshkent, Muqimiy ko'chasi 14A, Novza metrosi yonida
• Rasmiy mehnat shartnomasi
• Koreyada ta'lim, hujjatlar va viza jarayonini o'zimiz o'rgatamiz
• Reklamadan har kuni yangi issiq lidlar keladi
• Sinov muddati: 3–7 kun
Qanday murojaat qilish kerak:
Rezyumeingizni shu yerda yuboring. Xat qismida qisqacha yozing:
• qayerda va qancha vaqt sotuvda ishlagansiz;
• qaysi CRM bilan ishlagansiz.
Mos kelgan nomzodlar bilan tez orada bog'lanamiz.
Рыночный ориентир
на 27% ниже медианыСмотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииАдминистратор в прокат детских карнавальных костюмов
Head of Marketing
Mobilograf
Мобилограф
Бармен/Бариста
Менеджер по продажам
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
Работодатель указывает 4 000 000 – 10 000 000 сум для этой роли в RAY OF DREAMS CONSULT1NG, Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 552 334 сум по 5 686 похожим предложениям.
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по RAY OF DREAMS CONSULT1NG и Ташкент.


