Вакансия актуальна

Xaridlar bo’yicha menejer

Зарплата не указана

Расположение

Ферганское шоссе, 505/2

Открыть в Google Картах

О вакансии

Обязанности:

  • Butlovchi qismlar va xomashyo importi bo’yicha yetkazib beruvchilarni izlash: so’rovlar yuborish, tijorat takliflarini yig’ish, ularni narx, sifat, muddat va to’lov shartlari bo’yicha taqqoslash
  • Taqqoslama jadval va xulosa tayyorlab bo’lim boshlig’iga taqdim etish, yetkazib beruvchilarning ishonchliligini dastlabki tekshiruvdan o’tkazish
  • Namuna va sinov partiyalarini olish ishlarini tashkil etish, yangi yetkazib beruvchilar bazasini shakllantirish va yangilash
  • Xarid shartnomalari loyihalarini tayyorlash, narx, miqdor, muddat va to’lov shartlari bo’yicha muzokara olib borish
  • Shartnoma loyihalarini huquq va moliya bo’linmalari bilan kelishish, spetsifikatsiya, ilova va qo’shimcha kelishuvlarni rasmiylashtirish
  • Shartnomalar reestrini yuritish, muddatlarni nazorat qilish, shartnoma buzilishi holatlarida talabnoma tayyorlash
  • Yetkazib beruvchilarga buyurtma rasmiylashtirish va uning shartnoma hamda spetsifikatsiyaga muvofiqligini tekshirish
  • Yetkazib berish muddatlarini kuzatib borish, kechikish xavflarini oldindan aniqlash va mas’ul bo’linmalarni ogohlantirish
  • Logistika va TIF bo’linmalari bilan yuklarning jo’natilishi hamda bojxona rasmiylashtiruvini muvofiqlashtirish
  • Qabul qilish chog’ida aniqlangan sifat va miqdor kamchiliklari bo’yicha da’vo tayyorlash
  • Xarid narxlari va bozor holatini tahlil qilish: narx dinamikasini kuzatish, narx oshishi sabablarini aniqlash, muqobil yetkazib beruvchilar va analoglarni izlash
  • Xarid xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari bo’yicha takliflar tayyorlash, valyuta kursi va bozor omillarining ta’sirini baholash
  • Ma’lumotlarni ERP va hisob tizimlarida dolzarb holatda saqlash, hujjat va hisobotlarni tartibli yuritish
Требования:
  • Oliy yoki o’rta maxsus ma’lumot: logistika va ta’minot zanjirini boshqarish; xalqaro iqtisodiy munosabatlar; iqtisodiyot; menejment; muhandislik-texnik yo’nalish
  • Xarid yoki ta’minot sohasida kamida 2 yil ish tajribasi
  • Majburiy: xorijiy yetkazib beruvchilar bilan ishlash tajribasi
  • Majburiy: xarid shartnomalarini tayyorlash va muzokara olib borish tajribasi
  • Majburiy: import yuklarini kuzatish tajribasi
  • Xarid jarayonlari va yetkazib beruvchilarni tanlash tamoyillarini bilish
  • Import operatsiyalari va Incoterms bazislarini bilish
  • Xarid shartnomalari va spetsifikatsiyalar bilan ishlash ko’nikmasi
  • Tijorat takliflarini taqqoslash va tahlil qilish ko’nikmasi
  • Bojxona rasmiylashtiruvi asoslarini bilish
  • Ishlab chiqarish materiallari va butlovchi qismlar haqida tasavvurga ega bo’lish
  • Microsoft Excel’ni yaxshi bilish: formulalar, mantiqiy va qidiruv funksiyalari, yig’ma jadvallar (Pivot Table)
  • ERP va korporativ hisob tizimlarida ishlash ko’nikmasi
  • Tillar: o’zbek tili — erkin; rus tili — ish darajasida; ingliz tili — ish darajasida bilish majburiy
  • Turli vaqt mintaqalaridagi yetkazib beruvchilar bilan ishlashga tayyorlik
  • Zarurat tug’ilganda xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik
Условия:
  • O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish
  • Barqaror va o’z vaqtida ish haqi
  • Tushlik kompaniya hisobidan
  • Kasbiy va karyera o’sishi imkoniyatlari
  • Yirik ishlab chiqarish kompaniyasida ishlash

Рыночный ориентир

9 564 370 сум

На основе 5 503 предложений с зарплатой для Работа в офисе в Ташкенте

Подробный разбор зарплат

Похожие вакансии

Все похожие вакансии

Частые вопросы

Какую зарплату можно ожидать?

В объявлении зарплата не указана. Похожие роли в Ташкент часто предлагают около 9 564 370 сум (медиана по 5 503 предложениям).

Как откликнуться на вакансию?

Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.

Вакансии актуальные?

Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.

Где посмотреть тип занятости и формат работы?

Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по СП ООО Premier Electrotech и Ташкент.

Откликнуться на hh.uz

Откроется hh.uz: для отклика войдите или зарегистрируйтесь там — это бесплатно.