Sotuv bo‘yicha menejer (Sales Manager)
О вакансии
Birinchi Business Club — yangi formatdagi birinchi o‘zbek biznes klubi.
Biz tadbirkorlar o‘z biznesini tezroq rivojlantirishi, yangi bozorlarga chiqishi va kuchli biznes muhitini topishi uchun biznes mahsulotlari, ta’lim dasturlari, networking va tadbirlardan iborat ekotizim yaratmoqdamiz.
Maqsadimiz — tadbirkorlarni birlashtirish, biznes aloqalarini mustahkamlash va yirik loyihalarni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Hozirda jamoamizga faol, natijaga yo‘naltirilgan va muzokara olib borish qobiliyatiga ega Sotuv bo‘yicha menejer izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
- Yangi mijozlarni, xususan, tadbirkorlar va biznes vakillarini izlash va jalb qilish;
- Potensial mijozlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borish;
- Biznes-klub rezidentligi va klub mahsulotlarini taqdim etish hamda sotish;
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos takliflarni shakllantirish;
- Yangi rezidentlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish;
- Mijozlar bazasini shakllantirish va yuritish;
- Sotuv rejasini bajarish va belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish;
- CRM tizimida ishlash va sotuvlar bo‘yicha hisobotlarni yuritish;
- Klub tadbirlari va biznes uchrashuvlarida faol ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Sotuv sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- O‘zbek va rus tillarini bilish (ideal darajada)
- B2B savdo va muzokaralar olib borish tajribasi ustunlik beradi;
- Kuchli kommunikatsiya va taqdimot ko‘nikmalari;
- Mijozlar bilan ishonchli va uzoq muddatli munosabat o‘rnatish qobiliyati;
- Faollik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik;
- Sotuv texnikalari va mijozlar bilan ishlash tamoyillarini bilish;
- CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Ishbilarmonlik etikasi va yuqori darajadagi muomala madaniyati.
Biz taklif qilamiz:
- Rivojlanayotgan va istiqbolli biznes-klubda ishlash imkoniyati;
- Raqobatbardosh oylik maosh + sotuv natijalariga bog‘liq bonuslar;
- Grafik 9:00-18:00; 5/2;
- Sinov muddati — 2 oy.
- Sinov muddati muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng mehnat shartnomasi tuziladi.
- Ish haqi oyiga 2 marta to‘lanadi
- Qiziqarli biznes tadbirlari va networking imkoniyatlari;
Agar siz sotuvni yaxshi ko‘rsangiz, odamlar bilan muloqot qilishdan zavqlansangiz va katta maqsadlar sari intilsangiz, jamoamizga qo‘shiling!
Rezyumengizni yuboring va Birinchi Business Club bilan birgalikda rivojlaning!
Рыночный ориентир
Около медианыСмотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииМенеджер по продажам (Sales Manager)
Ведущий event-менеджер в Unique Present (Ташкент)
Мобилограф / Видеограф / Монтажёр
Ish yurituvchi (rahbar yordamchisi) - RED UTRADE MCHJ
Менеджер по международным продажам и экспорту
Оператор call-центра
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
Работодатель указывает до 10 000 000 сум для этой роли в Unique Present Media Holding, Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 564 370 сум по 5 503 похожим предложениям.
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по Unique Present Media Holding и Ташкент.


