Metodist
О вакансии
📢 JAHON SCHOOL JAMOASIGA METODIST TAKLIF QILAMIZ!
Jahon School ta’lim sifatini oshirish, pedagogik jarayonni takomillashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida metodist lavozimiga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi.
VAZIFALAR:
— Dars jarayonlarini kuzatish va tahlil qilish, o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar berish;
— Zamonaviy ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish;
— O‘qituvchilar uchun metodik seminar, trening va mahorat darslarini tashkil etish;
— O‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
— O‘qituvchilarning dars rejalari va o‘quv dasturlarini metodik jihatdan rivojlantirish;
— Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish.
TALABLAR:
— Pedagogika yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
— Ta’lim sohasida eng kamida 5 yillik tajribasi;
— Zamonaviy pedagogik metodika va ta’lim texnologiyalarini bilish;
— Tahliliy fikrlash va muammolarga yechim topish qobiliyati;
— Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va samarali muloqot ko‘nikmalari.
TAKLIFLAR:
— Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh oylik maosh;
— Zamonaviy va qulay ish muhiti
— Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
— Ish jadvali: dushanba–juma — 08:30–17:30 shuningdek, oyiga ikki shanba kuni;
— Kompaniya hisobidan mazali tushlik;
— Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
— Kompaniya hisobidan treninglar va o‘quv kurslari;
— Korporativ tadbirlar, teambuilding va do‘stona jamoa;
— Yangi ta’lim madaniyatini shakllantirishda ishtirok etish imkoniyati.
Рыночный ориентир
Смотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииO‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mudir
Менеджер по логистике
Бухгалтер-кассир Uzum Market
Продавец-кассир TEGEN Альфраганус (Т38)
Уборщица/уборщик в школу
Менеджер по продажам
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
В объявлении зарплата не указана. Похожие роли в Ташкент часто предлагают около 9 449 782 сум (медиана по 6 953 предложениям).
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по JAHON SCHOOL и Ташкент.




