Руководитель проектов (SMM и digital-маркетинг)
О вакансии
Muhim talab:
Nomzod SMM yoki digital marketing sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lishi, kontent marketing tamoyillarini tushunishi va bajarilgan ishlari portfelini taqdim eta olishi kerak.
Marketing sohasida amaliy tajribasi bo‘lmagan, faqat umumiy loyiha boshqaruvi tajribasiga ega nomzodlar ushbu lavozim uchun mos kelmaydi.
Biz haqimizda
UTAX — bizneslar uchun soliq maslahati, soliq auditi, soliq hamrohligi va soliq nizolari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti.
Biz yirik va o‘rta bizneslar bilan ishlaymiz. Maqsadimiz — mijozlarga soliq risklarini oldindan aniqlash, ularni kamaytirish va biznesni soliq jihatdan xavfsiz yuritishga yordam berish.
Hozir UTAX jamoasiga marketing jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘ya oladigan, B2B auditoriyani tushunadigan va performance marketing hamda SMM yo‘nalishlarida ishlay oladigan mutaxassis kerak.
Talablar:
- Toshkent shahrida to‘liq ish jadvalida (5/2, 09:00 dan 18:00 gacha) ishlay olish;
- Marketing bo‘yicha boshlang‘ich bilim yoki SMM sohasida kamida 2 yillik tajriba;
- Kontent mohiyatini tushunish va yangi kreativ g‘oyalar taklif qila olish;
- Doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga ishtiyoq;
- Xushmuomala, mas’uliyatli va bitta jamoada uzoq muddat ishlab, katta natijalarga erishish istagi.
Asosiy vazifalar:
- Media jamoa ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- Sotuv bo‘limi bilan doimiy kommunikatsiya o‘rnatib, kelayotgan lidlar sifatini tahlil qilish;
- Oflayn tadbirlarni tashkillashtirish;
- Oy yakuni bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan rahbariyatga hisobot tayyorlash.
Biz nima taklif qilamiz:
- O‘sib boruvchi oylik maosh + bonuslar tizimi;
- B2B yo‘nalishida portfoliongizni boyituvchi yirik loyihalar;
- Qo‘shimcha kurs va treninglarda o'qish imkoniyati;
- Shahar markazidagi barcha sharoitlarga ega shinam ofis (shunchaki suv kuleri emas, mazali qahva ham bor!) ☕️
- Har oyda jamoaviy korporativ tadbirlar;
- Kasbiy o‘sish va rivojlanishingiz uchun to'liq yordam hamda doimiy motivatsiya.
Ariza topshirish:
Rezyume va portfolioingizni yuboring.
Рыночный ориентир
на 100% ниже медианыСмотрите также
Похожие вакансии
Все похожие вакансииПомощник/ассистент руководителя
Офис-менеджер
Auditor
Sovuq savdolar bo‘yicha menejer (Hunter)
Продавец-консультант
Руководитель отдела контроля качества
Частые вопросы
Какую зарплату можно ожидать?
Работодатель указывает 300 – 1 000 $ для этой роли в UNITED TAX ADVISORS, Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 558 868 сум по 5 595 похожим предложениям.
Как откликнуться на вакансию?
Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.
Вакансии актуальные?
Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.
Где посмотреть тип занятости и формат работы?
Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по UNITED TAX ADVISORS и Ташкент.

