Вакансия актуальна

Ombor mudiri (nachalnik sklada)

10 000 000 – 15 000 000 сум
USMA FUTURE (InHunter)Ташкент

Расположение

5-й проезд Хасанбой, 30

Открыть в Google Картах

О вакансии

DunyaBunya — qurilish materiallari chakana hamda ulgurji savdosi bo‘yicha jadal rivojlanayotgan yirik kompaniya!

Kompaniyamiz kengayishi munosabati bilan YANGI OCHILAYOTGAN YIRIK OMBORIMIZGA jarayonlarni 0 dan noldan boshlab to‘liq tizimlashtira oladigan, tovar qoldig‘i (astatka) va kamomatlar uchun to‘liq moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan tajribali Ombor mudiri (Rukovoditel sklada) mutaxassisini jamoamizga taklif etamiz! (Eslatma: Tashqi transport/logistika xizmati uchun alohida bo‘lim mavjud, bu lavozim bevosita ombor ichki tartibi va tovarlar xavfsizligiga mas'ul).

Agar siz omborni noldan ishga tushirishni, tovarlarni mukammal nazorat qilishni va moddiy javobgarlikni chuqur anglagan holda tartib o‘rnata olsangiz — bu lavozim aynan siz uchun!

Sizning asosiy vazifalaringiz:

  • Yangi omborni 0 dan ishga tushirish: Yangi ochilayotgan omborni qurilish materiallari (metall, kabel, taxta, santexnika, kafel va h.k.) uchun xavfsiz, qulay hamda unumdor tarzda loyihalashtirish va joylashtirish tizimini qurish.

  • Astatka va kamomatlar nazorati (Moddiy javobgarlik): Omborga kelib tushayotgan va chiqib ketayotgan barcha tovarlar bo‘yicha qat'iy hisob-kitob yuritish, kamomat va ortiqcha chiqimlarga to‘liq moddiy javobgar bo‘lish.

  • Ichki ombor jarayonlari va sbor: Tovarlarni qabul qilish, saqlash, ombor zonalari bo‘yicha to‘g‘ri joylashtirish, sbor (yig‘ish) va topshirish zanjirini bexato yo‘lga qo‘yish.

  • Inventarizatsiya: Ombor bo‘yicha muntazam ravishda to‘liq inventarizatsiyalarni o‘tkazish, tovar qoldiqlari aniqligini ta'minlash va yo‘qotishlarning oldini olish.

  • Jamoani shakllantirish va boshqarish: Yangi ombor uchun sborshik va gruzshiklarni tanlab olish, ularning ishini taqsimlash va qat'iy intizomni ta'minlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Tajriba: Katta omborlarda ombor mudiri (nachalnik sklada) lavozimida kamida 3–5 yillik ish tajribasi shart! (Qurilish va pardozlash materiallari omborida ishlaganlar qat'iy ustunlikka ega).

  • Noldan ochish va kamomatga javob berish: Omborni noldan tashkil qilgan va tovarlarning butunligi, astatka hamda kamomatlar uchun moddiy javobgarlikni bo‘yniga olib ishlay oladigan tajriba.

  • Dasturlar va ko‘nikma: 1C (Sklad) va MS Excel dasturlarida erkin ishlay olish, omborni manzilli saqlash (adresnoye xraneniye) tamoyillarini bilish.

  • Shaxsiy fazilatlar: Halollik, shaffoflik, kuchli liderlik, talabchanlik va mas'uliyat.

  • Tillar: O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish.

Kompaniyada o‘sish imkoniyati (Karyera zinapoyasi):

  • Yangi ombor mudiri ➡️ Ombor xo‘jaligi tarmog‘i rahbari / Holding operatsion direktori darajasigacha o‘sish imkoniyati mavjud. Kompaniya o‘zining halol va kuchli boshqaruv kadrlarini doimo munosib taqdirlaydi.

Biz nimani taklif qilamiz:

  • Munosib va yuqori daromad: 10 000 000 – 15 000 000 so‘m (Suhbat natijasiga va nomzodning amaliy tajribasiga qarab kelishiladi).

  • Qulay sharoitlar: Kompaniya hisobidan bepul mazali tushlik va kechki ovqat.

  • Ijtimoiy paket: Har oyning oxirida barcha xodimlar uchun maxsus ro‘zg‘orlik paketi beriladi.

  • Ish grafigi: 6/1.

  • Sharoit: Yangi obyektda o‘z bilimi va tizimini toza, halol va tartibli ravishda tatbiq etish uchun to‘liq imkoniyat.

Рыночный ориентир

на 31% выше медианы
9 564 370 сум

На основе 5 503 предложений с зарплатой для Работа в офисе в Ташкенте

Подробный разбор зарплат

Похожие вакансии

Все похожие вакансии

Частые вопросы

Какую зарплату можно ожидать?

Работодатель указывает 10 000 000 – 15 000 000 сум для этой роли в USMA FUTURE (InHunter), Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 564 370 сум по 5 503 похожим предложениям.

Как откликнуться на вакансию?

Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.

Вакансии актуальные?

Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.

Где посмотреть тип занятости и формат работы?

Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по USMA FUTURE (InHunter) и Ташкент.

Откликнуться на hh.uz

Откроется hh.uz: для отклика войдите или зарегистрируйтесь там — это бесплатно.