Вакансия актуальна

Генеральный директор (CEO) бетонных заводов и ЖБИ

10 000 000 – 60 000 000 сум
INSOFТашкент

Расположение

Ташкент

Открыть в Google Картах

О вакансии

Vazifalar:

  • Kompaniyaning barcha beton zavodlari (БСУ/РБУ) va temir-beton buyumlari (ЖБИ) ishlab chiqarish sexlari faoliyatini yagona tizimda boshqarish va nazorat qilish
  • Kompaniyaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, mahsulot assortimentini kengaytirish, yangi bozorlar va hududlarga chiqish
  • Tovar beton, qorishmalar va temir-beton buyumlari (plitalar, ustunlar, to’sinlar, fundament bloklari, quvurlar, halqalar, bordyur, yo’l va trotuar plitkalari va boshqalar) ishlab chiqarishning to’liq texnologik jarayonini boshqarish
  • Armatura sexi, qolip (opalubka) xo’jaligi, bug’lash kameralari va poligonlarning uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash
  • Beton markalari, retseptura va ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha sifat nazoratini yo’lga qo’yish, laboratoriya ishini nazorat qilish, GOST, ТУ va me’yoriy talablarga rioya qilinishini ta’minlash
  • Ishlab chiqarish rejasining bajarilishini ta’minlash: hajm, sifat, muddat
  • Xom ashyo va materiallar (sement, shag’al, qum, qo’shimchalar, armatura, metall) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish, narx va sifat bo’yicha muzokaralar olib borish
  • Sotuv bo’limi ishini boshqarish, yirik mijozlar, quruvchi kompaniyalar va tenderlar bilan ishlash, narx siyosatini belgilash
  • Kompaniyaning moliyaviy natijalari, byudjet, rentabellik va pul oqimi uchun javobgarlik
  • Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirish (sement va armatura sarfi, energiya, brak va yo’qotishlar nazorati)
  • Transport va logistikani tashkil qilish (mikserlar, betonnasoslar, buyumlarni ombor va obyektlarga yetkazish)
  • Uskunalar texnik holatini nazorat qilish, ta’mirlash, modernizatsiya va yangi liniyalar ochish rejalarini tuzish
  • Zavod direktorlari, bosh muhandis, texnologlar, sotuv va moliya rahbarlaridan iborat jamoani boshqarish, xodimlarni tanlash, o’qitish va rag’batlantirish
  • Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ekologik talablarga rioya qilinishini ta’minlash
  • Davlat organlari, banklar va sheriklar bilan munosabatlarda kompaniya manfaatlarini himoya qilish
  • Egalarga faoliyat, ko’rsatkichlar va rivojlanish rejalari bo’yicha muntazam hisobot berish
Talablar:
  • Tovar beton va temir-beton buyumlari (ЖБИ) ishlab chiqarish sohasida kamida 10 yillik tajriba
  • Kamida 5 yil davomida bir nechta zavod yoki yirik ishlab chiqarish korxonasini boshqarish (generalniy direktor, direktor yoki shunga o’xshash yuqori lavozimda) tajribasi
  • Beton va ЖБИ ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini (retseptura, armaturalash, qolip, bug’lash, sifat nazorati) chuqur bilish
  • Beton markalari, GOST, ТУ va qurilish me’yorlari (ШНК) bo’yicha mukammal bilim
  • Ishlab chiqarish rejalashtirish, byudjetlashtirish va xarajatlarni optimallashtirish tajribasi
  • Moliyaviy ko’rsatkichlarni (rentabellik, pul oqimi, tannarx) tahlil qila olish va ular uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olish
  • Sotuv, yirik mijozlar, tenderlar va shartnomalar bilan ishlash tajribasi
  • Xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish tajribasi
  • Katta jamoani (zavod direktorlari, muhandislar, texnologlar, ishchilar) boshqarish va rivojlantirish ko’nikmasi
  • Strategik fikrlash, qaror qabul qilish va natija uchun javobgarlik
  • Yuqori texnikaviy yoki iqtisodiy ma’lumot (qurilish, qurilish materiallari texnologiyasi yoki shunga yaqin yo’nalish)
  • O’zbek va rus tillarini erkin bilish
  • Yirik beton yoki qurilish materiallari kompaniyalarida ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi
  • Zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar va ishlab chiqarishni raqamlashtirish (ERP, 1C) bilan ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi
Shartlar:
  • Rasmiy ishga joylashtirish (Mehnat kodeksiga muvofiq), to’liq ijtimoiy paket
  • Barqaror va o’z vaqtida to’lanadigan yuqori maosh: 10 milyon so'mdan 60 milyon so'mgacha
  • Natijaga bog’liq bonus tizimi (ishlab chiqarish hajmi, rentabellik va sotuv ko’rsatkichlari bo’yicha)
  • Kompaniyaning barcha zavodlarini boshqarishda keng vakolat va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati
  • Kompaniyaning strategiyasi va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatish imkoniyati
  • Yangi liniyalar, zamonaviy uskunalar va yangi yo’nalishlar ochish bo’yicha loyihalarda ishtirok etish
  • Kuchli va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash, uzoq muddatli hamkorlik
  • Ish grafigi: [ dushanba-shanba, 08:00-18:00]
  • Ish joyi: [Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani]
  • Tushlik ishxona xisobidan

Рыночный ориентир

на 266% выше медианы
9 564 370 сум

На основе 5 503 предложений с зарплатой для Работа в офисе в Ташкенте

Подробный разбор зарплат

Похожие вакансии

Все похожие вакансии

Частые вопросы

Какую зарплату можно ожидать?

Работодатель указывает 10 000 000 – 60 000 000 сум для этой роли в INSOF, Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 564 370 сум по 5 503 похожим предложениям.

Как откликнуться на вакансию?

Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.

Вакансии актуальные?

Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.

Где посмотреть тип занятости и формат работы?

Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по INSOF и Ташкент.

Откликнуться на hh.uz

Откроется hh.uz: для отклика войдите или зарегистрируйтесь там — это бесплатно.