Вакансия актуальна

Undiruv va sverka bo‘yicha menejer

5 000 000 – 7 500 000 сум
USMA FUTURE (InHunter)Ташкент

Расположение

Юнусабадский район, 1-й проезд Катта Хасанбай, 19

Открыть в Google Картах

О вакансии

DunyaBunya — qurilish materiallari chakana hamda ulgurji savdosi bo‘yicha jadal rivojlanayotgan yirik kompaniyalar tarmog‘i!

Moliyaviy intizom va hisob-kitoblar aniqligi kompaniyamizning eng ustuvor ustunlaridan biridir. Shu sababli Undiruv bo‘limiga raqamlar bilan professional ishlay oladigan, buxgalteriya hisob-kitobini puxta tushunadigan, debitorlik qarzdorligini nazorat qilib sverka (solishtirma dalolatnoma) ishlarini bexato yurita oladigan Sverkachi-Menejerni jamoamizga taklif etamiz!

Vazifalar:

  • Sverka (Solishtirma dalolatnoma) yuritish: Mijozlar, xaridorlar va hamkorlar bilan savdo hamda to‘lovlar bo‘yicha sverka aktlarini muntazam shakllantirish, solishtirish va tasdiqlash.

  • Buxgalteriya hisob-kitobi nazorati: 1C / Excel dasturlarida o‘zaro hisob-kitoblarni (akt sverka, nakladnoy, schet-faktura) to‘g‘ri aks etishini tekshirish va xatoliklarni bartaraf etish.

  • Debitorlik qarzdorligi (Undiruv) bilan ishlash: Muddati o‘tgan qarzdorliklarni tahlil qilish, mijozlar bilan aloqaga chiqib, to‘lovlar grafigini nazorat qilish va undiruvni ta’minlash.

  • Hisobot berish: Debitorlik holati va sverka yakunlari bo‘yicha moliya bo‘limiga va rahbariyatga aniq hisobotlarni taqdim etish.

Talablar:
  • Buxgalteriya bilimlari: Buxgalteriya hisobi, debitorlik/kreditorlik va moliya hisob-kitoblaridan mukammal xabardor bo‘lish shart!

  • Tajriba: Buxgalteriya, sverka yoki debitorlik qarzdorligi bilan ishlash yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi.

  • Dasturlar: MS Excel (formulalar, filtrlar bilan erkin ishlash) va 1C dasturini yaxshi bilish.

  • Shaxsiy fazilatlar: O‘ta diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, kirishimli, qat’iyatli hamda punktual bo‘lish.

  • Tillar: O‘zbek va rus tillarida ravon muloqot va yozishma yurita olish.

Shartlar:
  • Munosib va kafolatlangan daromad: 5 000 000 – 7 500 000 so‘m (Oklad + o‘z vaqtida yopilgan sverka hamda undiruv KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha bonuslar).

  • Bepul va mazali ovqat: Kompaniya hisobidan kunlik tushlik va kechki ovqat ta’minlanadi.

  • Ijtimoiy paket (Sotsial paket): Har oyning oxirida barcha xodimlarimiz uchun ro‘zg‘orlik paketi beriladi.

  • Ish grafigi: 6/1, soat 09:00 dan 19:00 gacha.

  • Sharoitlar: Qulay va zamonaviy ofis, axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan ish joyi hamda ahil jamoa.

Рыночный ориентир

на 35% ниже медианы
9 564 370 сум

На основе 5 503 предложений с зарплатой для Работа в офисе в Ташкенте

Подробный разбор зарплат

Похожие вакансии

Все похожие вакансии

Частые вопросы

Какую зарплату можно ожидать?

Работодатель указывает 5 000 000 – 7 500 000 сум для этой роли в USMA FUTURE (InHunter), Ташкент. Для сравнения медиана рынка — около 9 564 370 сум по 5 503 похожим предложениям.

Как откликнуться на вакансию?

Перейдите на страницу источника и свяжитесь с работодателем там. Finder не берёт денег с соискателей.

Вакансии актуальные?

Да. Finder регулярно обновляет базу из открытых источников и убирает закрытые предложения.

Где посмотреть тип занятости и формат работы?

Ключевые условия показаны над описанием. Также можно открыть связанные подборки по USMA FUTURE (InHunter) и Ташкент.

Откликнуться на hh.uz

Откроется hh.uz: для отклика войдите или зарегистрируйтесь там — это бесплатно.